Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

   G‘IJDUVON VA PESHКU TUMANLARIDA KURATORLIK FAOLIYATI OLIB BORILDI

 

Bolalar salomatligini muhofaza qilish, ularni sifatli tibbiy ko‘rik va sog‘lomlashtirish tadbirlariga jalb etish, shuningdek, sil kasalligining oldini olish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish maqsadida Sihatgoh mutaxassislari tomonidan hududlarda kuratorlik faoliyati olib borilmoqda.

 

Navbatdagi kuratorlik faoliyati Sihatgoh bosh vrach o‘rinbosari D.Q. Hamroyeva, 1-davolash bo‘limi mudiri, vrach-ftiziopediatr M. Gulyamova hamda 2-davolash bo‘limi mudiri, vrach-ftiziopediatr Z. Irgasheva tomonidan G‘ijduvon va Peshku tumanlarida tashkil etildi.

 

Tashrif davomida hududdagi bolalarning salomatlik holati, tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi hamda sog‘lomlashtirishga ehtiyoji bo‘lgan bolalarni aniqlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, bolalarni Sihatgohda davolash va sog‘lomlashtirishga jalb qilish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

 

Mutaxassislar tomonidan ota-onalar va mas’ul xodimlar bilan suhbatlar o‘tkazilib, Sihatgohda bolalar uchun yaratilgan tibbiy, sog‘lomlashtirish va ta’lim-tarbiya imkoniyatlari haqida tushuntirishlar berildi.

 

Kuratorlik faoliyatining asosiy maqsadi — sog‘lomlashtirishga muhtoj bolalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni Sihatgohga jalb etish, salomatligini mustahkamlash hamda bolalar o‘rtasida kasalliklarning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirishdan iborat.

 

Bunday amaliy tashriflar hududlardagi tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikni mustahkamlash, bolalar salomatligiga e’tiborni yanada kuchaytirish va sog‘lomlashtirish ishlarini tizimli tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Sog‘lom bola — sog‘lom kelajak! 

Orqaga