Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

2025-yil mart oyida viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi tomonidan “Maʼnaviyat – davlat, millat va jamiyat poydevori” nomli maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda sihatgohning barcha xodimlari, davolanayotgan bolalar va ularning ota-onalari faol ishtirok etdilar.

Tadbir davomida milliy qadriyatlar, maʼnaviy va madaniy boyliklarni asrab-avaylash, yosh avlodni ezgulik va insonparvarlik ruhida tarbiyalash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Sihatgoh rahbariyati tomonidan tadbir ishtirokchilariga maʼnaviy tarbiya va sogʻlom turmush tarzini shakllantirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Shuningdek, tadbir doirasida bolalar uchun milliy qoʻshiqlar ijrosi, sheʼrlar va raqslar bilan toʻldirilgan madaniy dastur tashkil etildi. Bolalar oʻzlari milliy qoʻshiqlar ijro etishdi va bu barcha ishtirokchilarga iliq taassurot qoldirdi. Bolalar uchun turli qiziqarli oʻyinlar va viktorinalar oʻtkazilib, gʻoliblarga esdalik sovgʻalari topshirildi.

Tadbir yakunida viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi rahbariyati bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bolalarning ruhiy va jismoniy sogʻligini mustahkamlashda muhim oʻrin tutishini taʼkidlab, bundan buyon ham bunday tadbirlarni muntazam oʻtkazish muhimligini qayd etdilar.

"Maʼnaviyat – davlat, millat va jamiyat poydevori" tadbiri bolalar, ota-onalar va xodimlarda vatanparvarlik tuygʻusini kuchaytirish, milliy oʻzlikni anglash va ezgulikka intilishga xizmat qiladi.

Orqaga