Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Milliy qadriyatlarimiz, urf-odat va an'analarimizni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish har bir fuqaroning muqaddas burchidir. Bizning o‘zbek xalqining milliy liboslari nafaqat tashqi go‘zallik, balki yurtimiz tarixi, madaniyati va ma'naviyatini o‘z ichiga olgan muhim meros hisoblanadi.
Shuni inobatga olgan holda, viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida “Milliy libos — ma'naviyat ko‘zgusi” shiori ostida katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan milliy liboslar chellenji tashkil etildi.
Tadbirda shifokorlar, hamshiralar, kichik tibbiy xodimlar, tarbiyachi-o‘qituvchilar hamda profilaktik davo olayotgan bolalar faol ishtirok etishdi. Chellenj davomida bolalarga milliy kiyimlar tarixi, ularning ma'naviy va madaniy ahamiyati haqida qiziqarli ma'lumotlar berildi. Mazkur tadbir orqali bolalar milliy qadriyatlarimizni yanada yaqindan anglashdi, o‘zligini his qilish, faxr tuyg‘usini kuchaytirish imkoniga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, shifoxona jamoasi o‘rtasida ham hamjihatlik, milliy iftixor tuyg‘usi mustahkamlandi.
Milliy liboslar nafaqat chiroyli kiyim, balki xalqning yuragi, tarixi, an'anasi va ma'naviyatining ko‘zgusidir. Bunday tadbirlar orqali biz yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularda vatanparvarlik va madaniy merosga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga hissa qo‘shamiz.

Orqaga