Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida Muhammad Yusuf tavalludining 71 yilligiga bagʻishlab " Muhammad Yusuf -el ardoqlagan shoir" shiori ostida oʻqituvchi  Yuldasheva Muxabbat tomonidan tadbir oʻtkazildi.Tadbirda shoirni yod olish, uning boy ijodiy merosini keng ommaga yetkazish va yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy gʻurur tuygʻularini shakllantirishga xizmat qilgan muhim madaniy-maʼrifiy voqea boʻldi. Tadbir davomida Muhammad Yusufning eng sara sheʼrlari, kuyga solingan asarlari, shuningdek, uning hayoti va faoliyati haqidagi esdaliklar tilga olinib, ishtirokchilarda chuqur taassurot qoldirdi.

Shoirning xalqchil tili, sodda lekin mazmunli baytlari, Vatan va millat dardini kuylagan sheʼriyati yoshlar uchun ibrat manbai sifatida taqdim etilishi tadbirning tarbiyaviy ahamiyatini yanada oshirdi. Bu kabi uchrashuvlar yoshlar ongida milliy qadriyatlarimizga hurmatni mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi.

Orqaga