Aholi salomatligini muhofaza qilish, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish maqsadida 2025 yil 26 apreldan boshlab yurtimizning barcha hududlarida "BOR MEHRIMIZ ShU VATAN, ShU XALQ UChUN" shiori ostida keng qamrovli tibbiy ko‘riklar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi ham mazkur tadbirlarda faol ishtirok etmoqda. Sihatgohda davolanayotgan bolalar uchun sog‘lom ovqatlanish mavzusida maxsus ko‘rgazmali seminar-trening tashkil etildi.
Trening doirasida bolalar va ularning ota-onalariga to‘g‘ri ovqatlanish asoslari, organizm uchun zarur bo‘lgan vitamin va minerallar, sog‘lom turmush tarzi qoidalari haqida keng ma'lumotlar berildi. Diyetolog va malakali tibbiyot xodimlari ishtirokida sog‘lom va muvozanatlashgan taomlar namunasi tayyorlandi va namoyish etildi.
Bolalarga yoshga mos ratsion tuzish, foydalanish lozim bo‘lgan mahsulotlar va ularni to‘g‘ri ishlov berish usullari haqida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Seminar davomida har bir ishtirokchi sog‘lom ovqatlanishning ahamiyati, immunitetni mustahkamlashdagi o‘rni va kasalliklarning oldini olishda to‘g‘ri ovqatlanishning ahamiyati haqida batafsil ma'lumot oldi.
Tadbir bolalar salomatligini mustahkamlash va ularning kelajakda sog‘lom avlod bo‘lib voyaga yetishlarini ta'minlash maqsadida amalga oshirildi.