Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

2025 yil 24-aprelda Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi xodimlari uchun "Bugungi ma'naviyat va ma'rifat darsi" doirasida "Qandli diabet kasaligini oldini olamiz" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Ma'ruza Z. Primova tomonidan o‘qildi. Unda qandli diabetning kelib chiqish sabablari, ertasidan xabar berish belgilari, sog‘lom turmush tarzi va to‘g‘ri ovqatlanish orqali kasallikning oldini olish yo‘llari haqida batafsil ma'lumot berildi.
Dars jarayonida xodimlar faol ishtirok etib, savol-javoblar orqali o‘zlarini qiziqtirgan masalalarga javoblar oldilar.
Tadbirning asosiy maqsadi – tibbiyot xodimlari orasida sog‘lom hayot tarzini targ‘ib qilish va profilaktikaga doir bilimlarni yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Orqaga