SIL KASALLIGINING OLDINI OLISH BO‘YICHA MUHIM MUHOKAMA
G‘ijduvon tumani KTMР bosh vrachi Ulmasova O.E. hamda Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi vrachi M. Gulyamova ishtirokida tuman patronaj hamshiralari va ftiziatrlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 21 fevraldagi 37-sonli buyrug‘i, 4-ilovasi asosida Buxoro viloyatida sil kasalligining rivojlanishiga moyilligi bo‘lgan 0–18 yoshli bolalar soni muhokama qilindi.
G‘ijduvon tumani bo‘yicha 2026 yil holatiga ko‘ra:
• Tuberkulyoz infeksiyasi bo‘yicha xavf guruhi – 202 nafar
• Surunkali kasalliklari mavjud bolalar – 962 nafar
• OIV infeksiyasi mavjud bolalar – 9 nafar
• Ijtimoiy muhofazaga muhtoj bolalar – 298 nafar
Uchrashuv davomida ushbu bolalarni bolalar ftiziatriya sihatgohiga yotqizish, muntazam tibbiy nazoratga olish hamda profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish bo‘yicha aniq taklif va vazifalar belgilandi.
Bunday hamkorlik tadbirlari bolalar o‘rtasida sil kasalligining oldini olish va sog‘lom kelajakni ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi