Sihatgohda sport musobaqalari yuqori saviyada oʻtkazildi!
Bugun Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida 5 tashabbus doirasida oʻtkazilgan sportning bir nechta yoʻnalishlari boʻyicha qiziqarli va mazmunli musobaqalar kasaba uyushmasi,sport targʻibotchisi,yoshlar yetakchisi tomonidan tashkil etildi. Unda shashka, basketbol hamda arqon aylantirish boʻyicha ishtirokchilar oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.
Tadbir davomida sogʻlom raqobat muhiti hukm surib, ishtirokchilar faollik va chaqqonlik borasida oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazdilar. Ayniqsa, bolalar va xodimlarning faol ishtiroki musobaqaga yanada fayz bagʻishladi.
Musobaqa yakunlariga koʻra: Shashka yoʻnalishida maktab oʻqituvchisi M. Yuldasheva gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Arqon aylantirish boʻyicha 2-boʻlim hamshirasi M. Aganazarova eng yuqori natijani qayd etdi.
Basketbol yoʻnalishida esa maktab jamoasi faxrli birinchi oʻrinni egalladi.
Mazkur sport tadbiri sihatgohda davolanayotgan bolajonlar va xodimlar uchun nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki ularning kayfiyatini koʻtarish, ijobiy muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etdi.
Bunday tadbirlar sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, jamoaviylikni mustahkamlash hamda ishtirokchilar oʻrtasida doʻstona muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.