Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Buxoro viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohida "Yoshlar tamakisiz hudud uchun ovoz beramiz!" mavzusida ma'naviyat darsi bo‘lib o‘tdi. Darsni shifoxona hamshirasi Vaqiyeva Sh. olib bordi.
Ma'ruzada tamakining inson sog‘ligiga zarari, ayniqsa yoshlar orasida chekuvchilikning salbiy oqibatlari, passiv chekish xavflari va sog‘lom muhit yaratish muhimligi haqida ma'lumotlar berildi. Tadbir ishtirokchilari sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlab, "tamakisiz hudud" g‘oyasini qo‘llab-quvvatladilar.
Shuningdek, tadbir ishtirokchilari sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, yoshlar o‘rtasida profilaktik suhbatlar o‘tkazish va "tamakisiz muhit"ni ta'minlash bo‘yicha fikr almashdilar.

Orqaga