Bolajonlar uchun unutilmas kun!
Bolajonlarning maroqli dam olishlarini ta’minlash, ularning kayfiyatini ko‘tarish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida muassasamizda Kasaba uyushmasi tashabbusi bilan Buxoro tuman madaniyat uyi huzuridagi Azamat Shoyev boshchiligidagi "AFSUNGAR"lar jamoasi oʻzlarining qiziqarli sirk tomoshalarini taqdim etdilar.
Sirk dasturi davomida bolalar turli xil sahna chiqishlari, kulgili klounlar, mohir akrobatlar va hayratlanarli fokuslarga boy tomoshalardan zavq oldilar. Har bir chiqish bolajonlarda quvonch va hayrat uyg‘otib, ularning yuzlarida tabassum paydo qildi
Ayniqsa, rang-barang liboslardagi artistlar ishtirokidagi chiqishlar bolalar xotirasida unutilmas taassurot qoldirdi. Sirk nafaqat ko‘ngilochar, balki bolalarning tasavvurini boyituvchi, ularni quvnoqlikka chorlovchi tadbir bo‘ldi.
Bunday tadbirlar bolajonlarning ruhiy holatini yaxshilash, ularni ijobiy kayfiyat bilan to‘ldirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Quvonchga to‘la lahzalar, beg‘ubor kulgular va yorqin xotiralar — barchasi bugungi sirk tomoshasida mujassam bo‘ldi!