Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

Viloyat bolalar ftiziatriya sihatgohi huzuridagi tayanch maktabda o‘quv jarayoni bolalarning sog‘ligini inobatga olgan holda tashkil etiladi. 1-sinf o‘quvchilari uchun darslar qiziqarli, interaktiv va o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.

Matematika fani o‘qituvchisi Narzullayeva Nilufar rahbarligida o‘tkazilgan navbatdagi dars jarayonida bolalar sonlarni tanish, qo‘shish va ayirish amallarini mustahkamlashdi. Darsda o‘quvchilarga ko‘rgazmali vositalar va o‘yin shaklidagi mashqlar orqali matematik tushunchalarni egallash imkoni yaratildi.

Bunday darslar nafaqat bolalarning bilim olish jarayonini qiziqarli qiladi, balki ularning diqqat-e’tiborini oshirish, mustaqil fikrlashini rivojlantirish va darsga bo‘lgan qiziqishini orttirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Orqaga