Buxoro sh. Moxi-Hosa
Qo’rg’oni shifokor k. №1
Ish vaqti:
Dush. - Sham. 08:30 - 15:30

???? Sil kasalligi profilaktikasi bo‘yicha Kogon shahrida xizmat safari

Kogon shahrida kuratorlik faoliyati doirasida xizmat safari davomida Kogon shahar ftiziatri M. Hojieva va KTMR mudiri B. Izomov bilan birgalikda Diaskintest natijasi musbat chiqqan bolaning ota-onasi bilan suhbat o‘tkazildi. Suhbat davomida bolani qo‘shimcha tekshiruv va davolash maqsadida bolalar ftiziatriya sihatgohiga yotqizish tavsiya etildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi SSVning 2023 yil 21 fevraldagi 37-son buyrug‘i 4-ilovasi asosida 0–18 yoshli bolalar orasida sil kasalligi rivojlanishiga moyil xavf guruhi ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqildi.

???? Kogon shahri bo‘yicha:

• Tuberkulyoz infeksiyasi bo‘yicha xavf guruhi – 31 nafar

• Surunkali kasalligi mavjud bolalar – 68 nafar

• Ijtimoiy muhofazaga muhtoj bolalar – 28 nafar

✅ Xavf guruhidagi bolalar ustidan tibbiy nazorat va profilaktik ishlar davom ettirilmoqda.

Orqaga